Iskandar Soliev Profile picture
Arxitektor | Urbanist | Triatlonist | |telegramda: https://t.co/ZN9pEEjXfD

May 4, 2023, 12 tweets

1/12
Amir Temur xiyoboniga konsept!!!

Sizdan maksimal RT va izoh qoldirish so'raladi!!!

Kim ulashmasa, o’shani moshinasini baloni teshilib qosin, yoki muzqaymog’i kiyimiga oqib ketsin!!!😡

#shahar #toshkent #uzbekistan

t.me/archemistryurb…

2/12
O’zbekiston markazi qayer desa ko’pchilik Amir Temur xiyoboni deb javob bersa kerak. Agar xaritaga qaralsa, bugungi Toshkent markazi aynan ushbu aylana o’qi atrofidan yoyilgan shahardek namoyon bo’ladi.

3/12
Ko’plab shaharlarda markaziy hududlar avtomobillardan holi bo’ladi. Amir Temur xiyobonidagi holat odamni depressiyaga tushiradi. Xiyobonga o’tish har tomondan avtomobil yo’llari bilan o’ralgan va

4/12
bu vaziyatda piyodalarga sen eng pastki sinfsan degandek yer osti o’tish yo’llari tashkil qilingan, va hech qanday svetoforsiz o’ta xavfli o’tish yo ’lagi mavjud.

5/12
Bu hududda yaqin atrofda ko’plab mehmonxonalar, maktab, OTM, banklar, muzeylar, kafe-restoranlar va parklar mavjud. Lekin asosiy qulaylik avtomobillarga qo’yilganligi odamni dilini xira qiladi. Kelgan turistlarham faqat moshinada yurmaydi,

6/12
ular aynan mehmonxona atrofida piyoda kezsa bo’ladigan hududlarda ko’proq piyoda sayr qilishadi va atrofdagi kafelarda ovqatlanib pul keltirishadi.

7/12
Bu hududga mening fikrimcha kerak bo’lgan o’zgarishlar bular:

🔹 ko’chaning OTM tarafdagi qismi yopilishi
🔹 avtomobil harakatini O’zbekiston mehmonxonasi tomonidan, 2 tomonli harakatli qilinishi

8/12
🔹 OTM hamda shu atrofdagi ish joylariga odamlar yetib olishi uchun Amir Temur muzeyi yoniga JT bekatini tashkillashtirish
🔹 piyodalar yo’ldan xavfsiz o’tib olishi uchun svetofor

9/12
❗️Bunday o’zgarishlarni har shanba, yakshanba kunlari yo’lning yarim qismini avtomobillarga yopish orqali hududda turli xil tadbirlar, va shunchaki sayr uchun ochish zarur. Bu birinchi o’rinda odamlarni bu yerga o’rgatish va qay darajada ish berishini ko’rish uchun bo’ladi.

10/12
⛔️Keyingi bosqichda konseptda belgilangan hududini butunlay avtomobillar uchun, turli-xil kashpo, instalyatsiya va boshqa elementlar orqali ko’chaning yopilishi bo’ladi.
🌱Kelajakda ushbu xiyobonda butunlayicha avtomobillardan tozalanadi,

11/12
faqatgina JT uchungina kirish bo’ladi. Shaharni barcha qatlamlarga qulay qilish zarur. Bu esa o’z navbatida markaz havosini sezilarli darajada tozalaydi, shovqinlardan holi qiladi, ko’chani baxtiyor odamlar bilan jonlantiradi...

12/12
E'tibor uchun rahmat!
Sizdan maksimal darajada yaqinlaringiz hamda do’stlaringiz bilan ulashishingizni so’rab qolaman!!!

Share this Scrolly Tale with your friends.

A Scrolly Tale is a new way to read Twitter threads with a more visually immersive experience.
Discover more beautiful Scrolly Tales like this.

Keep scrolling