코비 Profile picture
Nov 12 17 tweets 3 min read Twitter logo Read on Twitter
Baxtli yashash qoidalari.

1. Tishingni yuv (kuniga kamida 2 marta)
2. Vaqti-vaqti bilan piyoda sayrga chiq
3. Ko'proq meva yeyishni odat qil
4. Uxlashdan oldin kofe/choy ichma
5. Kuniga kamida 7 soat uxla (tunda)
6. U hech qachon qaytib kelmasligini tushun
7. Vaqtni ortga qaytarib bo'lmasligini tan ol va u haqida o'ylash hech nimani o'zgartirmasligini qabul qil
8. Baribir u haqida o'ylashda davom et...
9. Sayohat qil (iloji bo'lsa, yolg'iz)
10. Yangi narsalarni o'rgan, mn, biror instrument chalishni
11. Haftada 3 kamida marta jismoniy mashq qil
12. O'zingga o'lchami mos keladigan kiyimlar sotib ol
13. Yangi o'yin tortib olayotganinga kompyuteringni uni ko'tara olishini tekshir
14. Doim sutni aynib qolgan-qolmaganini tekshir
15. Hojat qilishdan oldin unitazni qopqog'i ochiqligiga ishonch hosil qil
16. Sen hech narsani tushunmaydigan, lekin hamma narsa qalbingni yaralaydigan kunlar/oylar bo'lishini qabul qil
17. Ba'zida ahmoq odamlar omadli bo'lishi va aqlli odamlarni ishi o'xshamasligini qabul qil
18. Sen ora-sira ko'rib qoladigan o'sha chiroyli qiz katta ehtimol bilan birinchi bo'lib suhbat boshlamasligini tushun
19. Seni boshqalar bilan bir xil fikrlashing seni fikring to'g'riligini bildirmasligini angla
20. Seni boshqalardan o'zgacha fikrlashing ham fikring to'griligini
bildirmasliginiyam angla
21. Qanchalik overrated kino bo'lmasin, odamlar Interstellar'ni maqtayverishiga ko'nik
22. Vafotingdan keyin qaysidir vaqtda kimdir sen haqingda oxirgi marta o'ylashi va undan keyin dunyoning oxirigacha hech kim sen haqingda eslamasligini qabul qil
23. Tirik bo'lishsa, ota-onang bilan ko'proq vaqt o'tkaz, hatto, ular bilan unchalik kelishmasang ham. Qachondir uyingga telefon qilsang, hech kim go'shakni ko'tarmaydigan, uyga borganingda seni kutib oladigan odam yo'q bo'ladigan paytlar keladi
24. Internetda siyosat to'g'risida odamlar bilan tortishayotganingda iloji boricha qo'pol bo'l, chunki baribir narigi odam fikrini o'zgartirmaydi
25. Fizikani o'rgan, prosto qiziq
26. Qimmat viski va rum doim sarflagam pulingga arziydi
27. Choy va shokolad ham shunday
28. Lekin juda qimmat, dizayner oyoq kiyimlar doim deyarli hech qachon puliga arzimasligini tushun
29. Yakshanba kuni uzun tred yozib o'tiradigan odamlarda qandaydir muammo borligini angla
29. Shu uzun tredni o'qib o'tiradigan odamlarda ham qandaydir muammo borligini angla
30. Ulardan qanday yashash to'g'risida hech qanday tavsiya olma
31. Yumorni qabul qilishni o'rgan
32. Hech kim hayotingni boshqarmasligini tushun
33. Sex education serialini yangi faslini ko'rma
34. Hayoting davomida absolyut haqiqatni topmaysan. Lekin qaysidir filosof senga:
"Bu dunyoda hamma narsa nisbiy", - desa, uni muloyimlik bilan tashqariga chaqirib, 5-qavat balkonidan tepib yubor. Chunki gravitatsiya ham ijtimoiy konstrakt
35. Inglizcha, ruscha so'zlarni qo'shib gapiradiganlardan cho'chima, ular shunchaki bu so'zlarni alternativini bilmaydi
35. Uyqudan turganingda, birinchi bo'lib o'rningni yig'ishtir
36. Bir yilda kamida ikki marta tish shifokoriga ko'rin
37. Epictetus'ni o'qi. Har kuni
38. Hech qachon arzon skotch sotib olma
39. O'z egoyingni qabul qil. U seni eng yaqin do'sting
40. Kamida 4 ta yulduz turkumini o'rgan. Areis, Aquarius, Orion, Cetus... Biror qiz bilan yulduzli tunda uchrashuvga chiqqaningda, buni sababini tushunib yetasan
41. Kamroq tuz iste'mol qil
42. Ko'proq sabzavotlar iste'mol qil
43. Baxt hissi doimiy emas, doimo vaqtincha
44. Dieta qil. Lekin hamma dietalarning asosi: kamroq yeb, ko'proq harakat qilish
45. Kundalik tut, 10 yildan keyin uni o'qish juda qiziq bo'ladi
46. Saylovda qatnash. Foydasiz, bairbir qatnash
47. O'zing yoqtirgan mashg'ulotlarni qidirib top, keyin ulardan pul ishlashga urin
48. Oldinga judayam ko'p omadsiz kunlar bor, ularga tayyor tur. Xudo ustingda ishlayapti
49. Senga biror yomon narsa sodir bo'lsa, tushun bu narsa boshqalarga ham sodir bo'lgan va hozir ham bo'lyapti. Shunchaki ular buni hali aytmagan
50. Sintetik narkotikdan uzoqroq yur
51. Nitzshedan ham
52. Matrassdan pulni ayama. Yaxshi uyqu juda muhim
53. Odamlarni choyiga so'ramasdan shakar/novvot solma
54. O'tmish bilan yashama
55. Bundan oldingi barcha maslahatlarga tupur
56. Va eng muhim oxirgi maslahat. Tishingni yuv (kunda kamiga 2 marta)

• • •

Missing some Tweet in this thread? You can try to force a refresh
 

Keep Current with 코비

코비 Profile picture

Stay in touch and get notified when new unrolls are available from this author!

Read all threads

This Thread may be Removed Anytime!

PDF

Twitter may remove this content at anytime! Save it as PDF for later use!

Try unrolling a thread yourself!

how to unroll video
  1. Follow @ThreadReaderApp to mention us!

  2. From a Twitter thread mention us with a keyword "unroll"
@threadreaderapp unroll

Practice here first or read more on our help page!

Did Thread Reader help you today?

Support us! We are indie developers!


This site is made by just two indie developers on a laptop doing marketing, support and development! Read more about the story.

Become a Premium Member ($3/month or $30/year) and get exclusive features!

Become Premium

Don't want to be a Premium member but still want to support us?

Make a small donation by buying us coffee ($5) or help with server cost ($10)

Donate via Paypal

Or Donate anonymously using crypto!

Ethereum

0xfe58350B80634f60Fa6Dc149a72b4DFbc17D341E copy

Bitcoin

3ATGMxNzCUFzxpMCHL5sWSt4DVtS8UqXpi copy

Thank you for your support!

Follow Us on Twitter!

:(