U bilan bir tadbirda uchrashding. Ikkoving ham yosh, ehtimol endi o'smirlik yoshidan mustaqil bo'lishga qadam qo'ygansizlar. Oldin sen ham, u ham boshqa odamlarni yoqtirgansizlar. Lekin ular bilan munosabatlar unchalik ham yaxshi bo'lmagan.
Ora-sirada qandaydir sabablarga ko'ra tez-tez ko'rishyapsizlar. O'zinglarni xuddi do'stlardek tutasizlar. Uni bo'ynida kichkinagina xoli bor. Sen uni payqaysan, lekin hech aytmaysan. Bir kuni negadir u haqida o'ylayotganingni sezib qolasan va g'alati bo'lasan. Kundan-kun u haqida
Dec 14, 2023 • 22 tweets • 3 min read
Hey, salom! Sen tug'ilding
Bu dunyoga xush kelibsan. Kel, bu yerga o'tir, chunki hali yurishni bilmaysan. Keyingi 3-4 yilni ma'nosiz ranglardan iborat dunyoda o'tkazasan. Lekin hammasi yaxshi. Chunki ishtoningga siyib qo'yishing mumkin va kimdir baribir tagligingni darrov
almashtiradi. Ammo bunga o'rganib qolma, hademay ular sendan hojatxonani to'g'ri ishlatishni kutishadi. Shunga hozir mazza qilib ol. Ko'p o'tmay, qanaqadir g'alati va zerikarli binoga borishing kerak va ular seni har xil narsalarni o'rganishga majburlashadi, masalan, karra
Nov 28, 2023 • 8 tweets • 1 min read
Kinolar bizga ozgina omadsizlikdan keyin yaxshi kunlar kelishini ko'rsatib, miyamizni yuvib qo'ygan. Aslida omadsizliklar ketma-ket kelaveradi. O'zing istagan kasbni egallay olmaysan, umuman o'zing istagan odam bo'lolmaysan, hech qachon haqiqiy muhabbatingni topmaysan,
puldan qiynalmay hayotdan zavqlanib yashamaysan, oylikdan-oylikka kun kechirasan, instagramda Maldivga dam olishga ketgan oilani ko'rib havas qilasan, lekin hech qachon ular orasida bo'lmaysan, Parij/London/Amsterdam/Berlin kabi shaharlarni chiroyli rasmlarini "Qachondir albatta
Nov 12, 2023 • 17 tweets • 3 min read
Baxtli yashash qoidalari.
1. Tishingni yuv (kuniga kamida 2 marta) 2. Vaqti-vaqti bilan piyoda sayrga chiq 3. Ko'proq meva yeyishni odat qil 4. Uxlashdan oldin kofe/choy ichma 5. Kuniga kamida 7 soat uxla (tunda) 6. U hech qachon qaytib kelmasligini tushun
7. Vaqtni ortga qaytarib bo'lmasligini tan ol va u haqida o'ylash hech nimani o'zgartirmasligini qabul qil 8. Baribir u haqida o'ylashda davom et... 9. Sayohat qil (iloji bo'lsa, yolg'iz) 10. Yangi narsalarni o'rgan, mn, biror instrument chalishni